14:05 / 07.02.2019
2 616

Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubiga o‘tdi

Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubiga o‘tdi

«Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 2015 yildan buyon klubning asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyaning «Gvangju» klubiga o‘tdi. Bu haqdagi ma’lumotni bugun «Bunyodkor» tasdiqladi.
Ashurmatov Gvangju shahri klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.

2015 yilda «Bunyodkor» asosiy tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazgan Ashurmatov o‘tgan to‘rt mavsumda chempionatda 91 o‘yin, O‘zbekiston kubogida 19 o‘yin va Osiyo Chempionlar ligasida 13 o‘yinda «qaldirg‘ochlar» sharafini himoya qildi. Bu bahslarda u besh marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Rustam o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo va Jahon chempionatlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. 2018 yil yanvarida Xitoyda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasida (U-23) Osiyo chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Rustam Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham 5 ta o‘rtoqlik o‘yinida qatnashgan.

Ma’lumot uchun, «Gvangju» klubi 2010 yilda tashkil topgan va nufuzi jihatdan Janubiy Koreyada ikkinchi hisoblanmish Key-Liga 2 musobaqasida ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)