18:08 / 09.02.2019
4 027

Shohjahon Ergashev: "Men jangga tayyorman" (video)

Shohjahon Ergashev: "Men jangga tayyorman" (video)
Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilning 15 fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkazadi.

Mazku jangda bokschimizga amerikalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Mikal Foksga (19-5-0) qarshilik ko‘rsatadi.

Ayni damda Shohjahon ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun Florida shtatining Mayami shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

"Men Mayamida Mikalga qarshi o‘tadigan jangga jiddiy tayyorlanmoqdaman. Ushbu bahs men uchun muhimdir. Bu yerda bir necha sparring janglar o‘tkazdim, shuningdek, taktik va texnik hamda jismoniy holatimni yaxshilovchi mashqlarni bajarmoqdaman. Nasib qilsa, navbatdagi jangda ham g‘alaba qozonaman.", – deydi Shohjahon Ergashev.
Shohjahonning mazkur jangga tayyorgarligi aks etgan VIDEO.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev: "Men jangga tayyorman" (video)