22:24 / 09.02.2019
3 482

«Liverpul» o‘z maydonida «Bornmut»ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa qaytdi

«Liverpul» o‘z maydonida «Bornmut»ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa qaytdi
Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Bornmut» uchrashuvi o‘z yakuniga tedi. «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

24-daqiqada Sadio Mane mersisaydlarni oldinga olib chiqdi. Ushbu hujumda ofsayd bo‘lgandi, biroq hakamlar ushbu vaziyatni ko‘rmay qolishdi.

34-daqiqada Jorjino Veynaldum jamoasining ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Muhammad Saloh hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari omadsiz seriyalariga nuqta qo‘yib, birinchi o‘ringa qaytishdi.

APL, 26-tur
Liverpul – Bornmut 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 24 Mane, 2:0 – 34 Veynaldum, 3:0 – 48 Saloh.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Matip, Robertson, Veynaldum (Aleksander-Arnold, 77), Milner, Keyta, Fabino, Mane (Origi, 87), Salax, Firmino (Starridj, 90).
Bornmut – Boruts, Kuk, Riko (Mifem, 80), Smit, Ake, Serman, Ayb (Solanke, 59), Freyzer, Gosling, King, Lerma (Musse, 73).
Ogohlantirishlar: Riko (25), Smit (38), Matip (61), Robertson (87).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» o‘z maydonida «Bornmut»ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa qaytdi