23:36 / 09.02.2019
3 736

«Qo‘qon-1912» – Farg‘ona Viloyati “Hokim kubogi-2019” g‘olibi

«Qo‘qon-1912» – Farg‘ona Viloyati “Hokim kubogi-2019” g‘olibi
Yangi mavsum start olishi arafasida Farg‘onada an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Farg‘ona viloyati “Hokim Kubogi” bahslari ancha shiddatli tarzda kechdi.

Turnir davomida nafaqat Vodiyning, balki O‘zbekistonning aksariyat jamoalari ushbu musobaqa orqali yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini olib borishdi. Bugun mazkur musobaqaning hal qiluvchi – final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatining ikki grand klublari azaliy qarama-qarshiligi kuzatildi. “Neftchi” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari to‘qnashuvida qo‘qonliklar Timur Usmonov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.

“Viloyat hokim kubogi-2019”
Final / "FarDu" stadioni

“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” – 1:0
Gol:
Timur Usmonov (48)
“Qo‘qon-1912”: Boyan Knejevich, Jamshid Hasanov, Avaz Mamatxo‘jayev, Quvondiq Ro‘ziyev, Suhrob Berdiyev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Shaxboz Erkinov, Iqbol Malikjonov, Timur Usmonov.
“Neftchi”: Muzaffar Abdullayev, Mirjalol Ne’matov, Shodiyor Hojimatov, Davron Mamatov, Jamshid Qobulov, Hamidullo Abduhamidov, Xurshid Asqaraliyev, Idris Bikmaykin, Abdujamol Manazarov, Diyor Irmatov, Otabek Zokirov.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Qo‘qon-1912» – Farg‘ona Viloyati “Hokim kubogi-2019” g‘olibi