15:15 / 10.02.2019
3 072

Andrey Kanchelskis: Shota Arveladze bilan "Glazgo Reynjers"da birga o‘ynaganmiz

Andrey Kanchelskis: Shota Arveladze bilan "Glazgo Reynjers"da birga o‘ynaganmiz
Rossiyada nashr etiladigan "Kultura" jurnali ijodkorlari bir necha kun avval "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisdan intervyu oldi. Mazkur nashr jurnalistlari Kanchelskisni Namanganda ishlashini bilmasakan ham!

- JCh vaqtida TVda muntazam ravishda ko‘rinish berdingiz. Keyinroq esa "yo‘qolib" qoldingiz. Qayerda edingiz?
- O‘zbekistonning "Navbahor" jamoasidan taklif oldim. Endi O‘zbekistonda o‘z faoliyatimni olib boryapman. Jamoamiz asta-sekin o‘sishga erishmoqda. Klub bazasida, "Markaziy" o‘yingohda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

- O‘tgan oyda yubiley 50 yoshingizni nishonladingiz. Tug‘ilgan kunni qayerda o‘tkazdingiz?
- O‘sha vaqtda jamoam bilan Yevpatoriyada yig‘in o‘tkazayotgan edik. Hech qanday ortiqcha dabdabasiz 50 yoshni qarshiladim. Italiya, Angliyada o‘ynaganimda tug‘ilgan kunim mavsumning eng muhim pallasiga to‘g‘ri kelardi. Katta tort olib kelardim, jamoadagilar bilan suhbatlashamiz, tortni birga baham ko‘rardik. Hozirgacha hech nima o‘zgarmagan.

- O‘zbekistonda eski tanishlaringizni uchratdingizmi?
- Albatta. "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan Shotlandiyaning "Glazgo Reynjers" jamoasida birga o‘ynagandik. Rossiya jamoalarida o‘ynagan Baxtiyor Ashurmatov hozir "Buxoro"ni qo‘lga olgan. Murabbiylar shtabidan o‘rin olgan Mustafo Bayramov bilan maydonda to‘qnash kelganmiz. "Dinamo" Kiyev bilan O‘zbekistonda mahalliy jamoaga qarshi o‘ynaganimizda Bayramov bizning jamoaga qarshi maydonga chiqqandi.

- Ingliz va italyan tillarini yaxshi bilasiz. Qiziq, Saudiya Arabistonida o‘ynaganingizda qaysi tilda muloqot qilgansiz?
- Faqat ingliz tilida. O‘shanda Saudiya jamoasida gollandiyalik mutaxassis bosh murabbiy edi. Qo‘shimchasiga bir nechta Yevropadan o‘yinchi bor edi.

- Buyuk Britaniya nafaqat futbol Vatani balki, rok-musiqa yurti hamdir. Angliyada o‘ynagan vaqtingizda musiqa shaydosiga ham aylangandirsiz?
- Bir nechta san’atkorlar bilan shaxsan tanishman. Masalan, Kris Ri bilan. "Status Quo" guruhi MYu haqida qo‘shiq kuylagan va unda mening ism-sharifimni ham tilga olib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: Shota Arveladze bilan "Glazgo Reynjers"da birga o‘ynaganmiz