«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 23-turida «Sassuolo» darvozasini ishg‘ol etdi, uchrashuv uning jamoasi foydasiga 3:0 hisobida yakun topdi.
E’tiborlisi, Ronaldu Italiya chempionatida qatorasiga to‘qqizinchi safar o‘yinida gol muallifi bo‘lmoqda. Bu – nafaqat uning shaxsiy karerasidagi, balki A Seriya tarixidagi eng uzoq seriya hisoblanadi.
Shu bilan birga, portugaliyalik yulduz 2018/19 mavsumidagi barcha musobaqalarda urgan gollarini sonini 20 taga yetkazdi. U qatorasiga 13-mavsumda kamida 20 ta to‘p kiritib kelmoqda. Krishtianu «Manchester Yunayted» safida 3 mavsum, «Real»da 9 mavsum davomida 20 va undan ko‘proq marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriya to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda. Uning hisobida 23 o‘yinda urilgan 18 ta gol va 7 ta samarali pas bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring