17:47 / 12.02.2019
3 306

"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday ishtirok etishni juda yaxshi biladi"

"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday ishtirok etishni juda yaxshi biladi"
OChL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda "Paxtakor"ni qo‘lga kiritilgan juda muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Har ikkala jamoa ham bugun o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishga harakat qildi. Ba’zi yetakchilarimizning yo‘qligi bizga pand bergandir. Jarima to‘pidan urilgan ikkinchi goldan so‘ng barchasi hal bo‘ldi", - deydi Bosim Qosim.

- Birinchi bo‘limda ko‘proq himoyada o‘ynadinglar, ikkinchi taymda shogirdlaringiz ko‘p yotib olishdi. Gol o‘tkazilgach esa hujumga o‘tdinglar. Qo‘shimcha taymlar rejangizda bormidi?
- Bizning rejamiz 90 daqiqa ichida g‘alaba qozonish edi. Ammo futbolda raqibga ham qarab o‘ynash kerak. Gol o‘tkazgach bunga javob berishimizga to‘g‘ri keldi. Unga qadar barchasi yaxshi ketayotgan edi.

- Bugungi mag‘lubiyatning asosiy sababi nimada? "Paxtakor" o‘yinini kuchaytirish uchun keyingi o‘yinlarda qanday tavsiya bergan bo‘lardingiz.
- "Paxtakor" jamoasini oldindan yaxshi jamoa ekanini bilamiz. Ayniqsa jarima to‘plarini yaxshi amalga oshirishadi. Mag‘lubiyatga asosiy sabab ikkinchi o‘tkazilgan gol bo‘ldi.

- Birinchi taymdagi to‘xtalish jamoangizga qanday ta’sir qildi?
- Bunday holatlar kamdan kam bo‘lsa ham bo‘lib turadigan holat. Ba’zi futbolchilar bunday vaziyatda ishtiyoqini yo‘qotib qo‘yadi. Endigina qizigan tanasi sovub qolgan bo‘lishi mumkin.

- Arab jamoalarida mag‘lubiyatlardan keyin murabbiyni darhol iste’foga chiqarib yuborishi odatiy holga aylangan. Bugungi mag‘lubiyat sizning keyingi faoliyatingizda qanday ta’sir qiladi? "Paxtakor"ning OChLdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Guruh bosqichiga chiqishiga ishongim kelayapti. Qolaversa jamoa standart vaziyatlardan unumli foydalanishni o‘rniga qo‘ymoqda. Bundan tashqari "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday o‘ynashni juda yaxshi biladi.
Narzulla Saydullayev

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday ishtirok etishni juda yaxshi biladi"