18:05 / 12.02.2019
3 861

AGMK «Istiqlol» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqdi

AGMK «Istiqlol» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqdi
Osiyo chempionlar ligasining 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan «AGMK» – «Istiqlol» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «OKMK» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv debyutida olmaliqliklar tezkor gol o‘tkazib yuborishdi. Jarima maydoni ichidagi tartibsizlikdan Muhammadjon Rahimov unumli foydalanib hisobni ochdi.

Shundan so‘ng maydon egalari tashabbusni qo‘lga olishdi va raqib darvozasi oldida kuchli bosimni hosil qilishdi. Qator hujumlar 25-daqiqada o‘z samarasini berdi, Dilshod Jo‘rayev jarima maydoniga havolatib uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar faol boshlashdi, tojiklar esa o‘z omadlarini qarshi hujumdan qidirishdi. Biroq mehmonlar standart vaziyatni golga aylantirishdi. Jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni Jalil Kimsanov boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.

72-daqiqada hamyurtlarimiz yana hisobni tenglashtirishdi. Jasur Hasanov tomonidan uzatilgan to‘pni San’at Shixov boshi bilan darvozaga joyladi. 78-daqiqada mezbonlar uchinchi golni urishdi, yana Hasanov chap qanotda faollik ko‘rsatdi va ikki futbolchini aldab o‘tgan holda jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda Jasur Hakimov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Zafar Polvonov hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi, uning goli ham bosh bilan kiritildi.

Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari pley-offning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi. Endi safarda AGMK Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubiga qarshi o‘ynaydi.

OChL, saralash bosqichi
AGMK O‘zbekiston – «Istiqlol» Tojikiston 4:2 (1:1, 3:1)
Gollar:
0:1 – 2 Rahimov, 1:1 – 25 Jo‘rayev, 1:2 – 62 Kimsanov, 2:2 – 72 Shixov, 3:2 – 78 Hakimov, 4:2 – 81 Polvonov.
AGMK: 45. Akbar To‘rayev, 4. Mirjamol Qosimov (15. Jasur Hakimov, 68), 5. Dilshod Jo‘rayev, 8. Sanat Shixov, 9. Zafar Polvonov, 11. Zoxir Pirimov (21. G‘ulomxaydar G‘ulomov, 68), 19. Jasur Hasanov, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 31. Sa’dullo Rahmatov, 33. Sardor Rahmonov, 44. Bobur Yo‘ldoshev.
«Istiqlol»: 22. Stosich Nikola, 4. Baxtiyor Qalandarov (2. Jalil Kimsanov, 18), 5. Iskandar Jalilov, 7. Mihaylo Sakich, 10. Alisher Jalilov, 11. Muhammadjon Rahimov, 17.Panshanbe Ehsoniy, 18. Fathullo Fathulloyev (13. Nozim Bobojonov, 85), 19. Axtam Nazarov, 20. Amirbek Jo‘raboyev (28. Kamron Tursunov, 81), 21. Aleksuy Varin.
Ogohlantirishlar: Rahmatov (47), Varin (55).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK «Istiqlol» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqdi