07:31 / 14.02.2019
4 196

YЕChL, 1/8 final. «Real» safarda «Ayaks»ni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

YЕChL, 1/8 final. «Real» safarda «Ayaks»ni mag‘lubiyatga uchratdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Ayaks" hamda "Real" Madrid klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 60-daqiqada Karim Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada Ziyesh hisobni tenglashtirdi.
Ammo, 87-daqiqada baribir "Real" o‘z so‘zini aytdi va Asensioning g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Madrid jamoasi safardan juda muhim g‘aaba bilan qaytdi.

YeChL, 1/8 final. Dastlabki uchrashuv
"Ayaks" Gollandiya – "Real" Madrid Ispaniya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
0:1 – 60 Benzema, 1:1 – 75 Ziyesh, 1:2 – 87 Asensio.
Ayaks – Onana, Mazraui, de Ligt, Blind, Talyafiko, Shene (Dolberg, 73), de Yong, Ziyesh, van de Bek, Neres, Tadich.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 61), Benzema (Asensio, 73), Vinisius Junior (Dias, 81).
Ogohlantirishlar: Ziyesh (53), Regilon (69), Vaskes (83), Ramos (89).

Manba: uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YЕChL, 1/8 final. «Real» safarda «Ayaks»ni mag‘lubiyatga uchratdi (video)