19:20 / 16.02.2019
5 678

Chempionlar Ligasi 1998/99 mavsumi finali takroran o‘tkaziladi

Chempionlar Ligasi 1998/99 mavsumi finali takroran o‘tkaziladi
«Manchester Yunayted» klubi 1999 yilda «Kamp Nou»da o‘tkazilgan Chempionlar Ligasining mashhur finaliga bag‘ishlangan o‘yinni tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

«Bavariya» klubiga qarshi o‘tkazilgan bahsda mankunianliklar qo‘shib berilgan daqiqalarda 2ta gol urib, g‘alabani ilib ketishgan, hal qiluvchi to‘pni «MYu»ning hozirgi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher kiritgan edi.

Bu finaldan roppa-rosa 20 yil o‘tgach, 2019 yil 26 may kuni «Old Trafford»da har ikkala jamoa faxriylari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. Unda tarixiy finalning ishtirokchilari maydonga tushadilar.
«Manchester Yunayted» klubini Aleks Fergyuson boshqaradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi 1998/99 mavsumi finali takroran o‘tkaziladi