10:20 / 17.02.2019
3 461

Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqada 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqada 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo‘yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga yetdi.
Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:
Oltin medal:
-74 kg: Nikita Rafalovich
-87 kg: Davron Azimov
-49 kg: Madina Mannopova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-48 kg: Amirbek To‘rayev – (o‘smirlar o‘rtasida)
Kumush medal:
-54 kg: Bahrom Abdullayev
Bronza medali:
-54 kg: Valentin Xegay
-57 kg: Zariya Kasimova
-80 kg: Shuhrat Salayev.

Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko‘tarilgandilar. Demak, sportchilarimiz ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko‘ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqada 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi