10:32 / 18.02.2019
3 457

O‘zbekiston OTJ Shveysariya klubi bilan irodali durang qayd etdi

O‘zbekiston OTJ Shveysariya klubi bilan irodali durang qayd etdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.
Kecha, 17 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari «La Finca» stadionida Shveysariyaning «Delemon» klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi, deb xabar beradi O‘FA rasmiy sayti.

O‘zbekiston OTJ 0:2 hisobida ortda bora turib, keyin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, gollarga Islom Qobilov va Bobur Abduxoliqovlar mualliflik qilishdi.

«Hisob tenglashgandan keyin ustunlik biz tomonga o‘tdi. Ko‘p vaziyatlarda terma jamoamiz a’zolari tomonidan uyushtirilgan xavfli hujumlar raqibni shoshirib qo‘ydi. Shuningdek, hakam tomonidan «Delemon» klubi darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmaganimizni ham ta’kidlab o‘tish zarur», – deyiladi xabarda.

Yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘yin 21 fevral kuni Tbilisining «Lokomotiv» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o‘tkaziladi va unda mezbonlar Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ Shveysariya klubi bilan irodali durang qayd etdi