14:30 / 18.02.2019
3 570

Turkiyaning KOC kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo‘ladi

Turkiyaning KOC kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo‘ladi
Yangi futbol mavsumi start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Mavsum O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkaziladigan o‘yin bilan ochib beriladi.

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o‘rtasida kechadigan Superkubok o‘yiniga Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiy bo‘ladi.

Ushbu kompaniya O‘zbekiston bozoriga futbol orqali kirish niyati bor ekanini bildirdi. Mamlakat Superligasi homiyligi uchun asosiy nomzod bor ekanidan kelib chiqib, PFL KOC Elektrik AS uchun Superkubok o‘yinini taklif qildi.

Kompaniya vakillari 2019 yilgi mavsum davomida milliy chempionatimiz uchrashuvlari tashkilotchiligi, shuningdek, Superliga brendi ommalashuvini o‘rganib boradi. Agar barchasi ko‘ngildagidek ketsa, ushbu kompaniya bilan hamkorlik 2020 yildan boshlab yanada kattaroq masshtabda davom etishi mumkin.

O‘zbekiston Superkubogi-2019 o‘yini 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 16:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi. Avvalroq uchrashuv 15:00 ga tayin qilingandi. Yangi kelishuvdan keyin Professional futbol ligasi muxlislar ko‘nglini olish uchun konsert dasturini ham rejalashtirdi hamda “Sport” bilan kelishib, uchrashuvni 16:00 ga ko‘chirdi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiyaning KOC kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 bosh homiysi bo‘ladi