23:10 / 18.02.2019
4 121

Arveladze: «An Nasr»ning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga urinib ko‘ramiz

Arveladze: «An Nasr»ning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga urinib ko‘ramiz
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze OChL pley-off bosqichi doirasida "An Nasr"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizni bir o‘yindan iborat qiyin bahs kutib turganini bilamiz. Guruh bosqichiga chiqish uchun tig‘iz taqvimda o‘ynash va yaxshi futbol ko‘rsatish talab etiladi. Raqib o‘yinlarini kuzatdik, kuchli jihatlarini o‘rgandik. Bu jamoani hurmat qilamiz, ammo oldimizga g‘alaba qozonish maqsadini qo‘yganmiz.

Negredoga qarshi hushyor o‘ynashga intilamiz. Shunga harakat qilamiz. Xalqaro tajribamizdan foydalanishga urinib ko‘ramiz.

Bunday musobaqada o‘ynaganda hamisha muvaffaqiyat sari intilish zarur. Ertaga esa bir o‘yindan iborat to‘qnashuvda buni uddalashga urinamiz.

Bu jamoa ilgari O‘zbekiston klublari bilan o‘ynagan, ammo ular bir necha yil oldin kechgan. Bizni kutib turgan bellashuvda buning ahamiyati yo‘q. Ertaga zafar quchish lozim bo‘lgan odatiy uchrashuvni o‘tkazamiz. Unda aynan qanday o‘ynashimiz o‘yinning borishi va raqibga ham bog‘liq. Imkoni boricha "Nasr"ning kuchsiz taraflaridan foydalanishga intilamiz", - deydi mutaxassis.

Shuningdek, "sherlar" himoyachisi Yegor Krimets ham o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Avvalgi haftada Iroq jamoasini mag‘lubiyatga uchratdik. Guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun endi navbatdagi bellashuvda g‘olib chiqishimiz kerak. Biz buni uddalashga intilamiz. Oldimizga yutuqqa erishish maqsadini qo‘yganmiz.

BAA klublari va terma jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda juda ko‘p marta to‘qnash kelganmiz. Shu sababli ularning uslubidan xabardormiz. Raqibning o‘yinlarini kuzatdik. Ularning kuchsiz va kuchli taraflarini o‘rgandik. Ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi deb o‘ylayman", - deydi futbolchi.

Manba: www.pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze: «An Nasr»ning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga urinib ko‘ramiz