07:30 / 19.02.2019
3 294

Mourinyu: "Fransiya chempionatida ishlashimni tasavvur qila olaman"

Mourinyu: "Fransiya chempionatida ishlashimni tasavvur qila olaman"
«Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Lill» – «Monpele» (0:0) uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbat qurar ekan, Franitsiya chempionatida ishlashga qarshi emasligini aytdi.
«Fransiya chempionatida ishlashimni tasavvur qila olaman. Men shu kungacha to‘rtta mamlakatda ishlashga ulgurdim.
Menga o‘zga yurtlar madaniyatini o‘rganish yoqadi, o‘qib-o‘rganishni yoqtiraman. Yangi chempionatdagi ish menga yaxshi tajriba bo‘lgan bo‘lardi.
Xotirjamman, oilam va do‘stlarim davrasida yaxshi hayot kechirmoqdaman. Futbolga qaytishga umid qilib qolaman»
, – deydi Mourinyu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu: "Fransiya chempionatida ishlashimni tasavvur qila olaman"