15:00 / 20.02.2019
3 848

KXL uchrashuvlaridan birini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi

KXL uchrashuvlaridan birini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisi Baxtiyor Fozilov hamda rais o‘rinbosari Kirill Matveyev kecha Moskva shahrida Kontinental xokkey ligasi rahbari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda qayta tiklanayotgan xokkeyni rivojlantirish va ommalashtirish masalalarini, shuningdek yangi imkoniyatlarni muhokama qilishdi. Unda «Humo» ko‘ptarmoqli arenasi bitganidan so‘ng yurtimizning turli hududlarida ham zamonaviy muz arenalari barpo etilishi haqida ham so‘z bordi.

Bundan tashqari, KXL uchrashuvlaridan birini poytaxtimizda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Tomonlar mazkur sport turini yurtimizda rivojlantirish bo‘yicha Rossiya tajribasi foyda berishiga, bu orqali O‘zbekiston nomi ham xalqaro xokkey xaritasida paydo bo‘lishiga ishonishlarini qayd etib o‘tishdi.

Manba: www.olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » KXL uchrashuvlaridan birini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi