15:27 / 20.02.2019
4 314

Bokschilarimiz «Strandja» xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Bokschilarimiz «Strandja» xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Strandja» 70-xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Musobaqada jahonning 42 ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham turnirda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolari 5 ta medalga sazovor bo‘ldilar.

Oltin:
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
Kumush:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
Bronza:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada medallar sifati bo‘yicha uchinchi o‘rindan joy oldi (2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza). Bu borada birinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi (5 ta oltin, 4 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Hindiston vakillari esa (3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) ikkinchi bo‘lishdi. To‘rtinchi o‘rinni AQSh vakillari ( 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) egallagan bo‘lsalar, mezbon mamlakat Bolgariya (2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) kuchli beshlikka yakun yasadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz «Strandja» xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi