“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tanqidchilarining fikrlariga munosabat bildirdi.
Ayrimlar hozirgacha Gvardiolaning “Barselona”da ishlagan vaqtida qo‘lga kiritgan sovrinlariga futbolchilar asosiy sabab bo‘lganligi haqida aytib kelishadi.
“Men Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmayman, chunki hozirgi jamoam safida Messi, Xavi, Inesta yo‘q? To‘ppa to‘g‘ri. Bu fikrga qo‘shilaman. Bu holatda tortishishning hojati ham yo‘q. Chunki “Barselona”da ishlagan paytimda ham aytgaman. Qo‘l ostimda ajoyib futbolchilar bo‘lgan. Shuningdek, “Bavariya”da ham, hozir “Manchester Siti”da ham ajoyib futbolchilarga ustozlik qilayapman. Ammo “Barselona”da baxtli va omadli edim. Kechirasizlaru, rostdan omadim kulib boqqan. Shu bois tanqidchilarimning fikriga qo‘shilaman”, deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola bosh murabbiyi sifatida 2009 va 2011 yillarda Yevropa chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Har ikkala holatda ham u “Barselona” bilan bu sovringa ega chiqqan. Keyinchalik u “Bavariya”ni boshqargan va nemis jamoasi bilan ushbu musobaqaning yarim finaliga qadar yetib kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?