18:34 / 22.02.2019
4 562

Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi: Barcha juftliklarning keyingi bosqichdagi raqiblari ma’lum

Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi: Barcha juftliklarning keyingi bosqichdagi raqiblari ma’lum
Bugun, 22 fevral kuni UYeFAning Non shahrida (Shveysariya) joylashgan bosh qarorgohida Yevropa Ligasining nimchorak finaliga qur’a tashlandi.
Qur’a oldidan barcha jamoalar bir savatchaga joylandi, bir assotsiatsiya vakili bo‘lgan ikki jamoa o‘zaro duch kelishi istisno qilinmagandi. Faqatgina UYeFA ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rossiya va Ukraina jamoalari bir juftlik hosil qilmasligi ta’minlangandi.
Unga ko‘ra, bu bosqichda quyidagi juftliklar hosil bo‘ldi:
«Chelsi» (Angliya) – «Dinamo» (Kiyev, Ukraina)
«Ayntraxt» (Germaniya) – «Inter» (Italiya)
«Dinamo» (Zagreb, Xorvatiya) – «Benfika» (Portugaliya)
«Napoli» (Italiya) – «Red Bull Zalsburg» (Avstriya)
«Valensiya» (Ispaniya) – «Krasnodar» (Rossiya)
«Sevilya» (Ispaniya) – «Slaviya» (Chexiya)
«Arsenal» (Angliya) – «Renn» (Fransiya)
«Zenit» (Rossiya) – «Vilyarreal» (Ispaniya)
Turnirning 1/8 final o‘yinlari 7 va 14 mart kunlariga belgilangan. Qur’a vaqtida birinchi tanlangan jamoalar birinchi o‘yinni o‘z uylarida o‘tkazishadi.
15 mart kuni chorak va yarim final uchun qur’a tashlanadi.
Yevropa Ligasi finali 29 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahridagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi: Barcha juftliklarning keyingi bosqichdagi raqiblari ma’lum