20:09 / 23.02.2019
3 983

Mirjalol Qosimov mag‘lubiyat haqida: "Birinchi bo‘limda umuman o‘ynamadik"

Mirjalol Qosimov mag‘lubiyat haqida: "Birinchi bo‘limda umuman o‘ynamadik"
O‘zbekiston Superkubogi doirasida kechgan "Lokomotiv" - AGMK o‘yinidan (2:1) so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Lokomotiv”ni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman. Meni xavotirga solayotgan narsa, birinchi bo‘limda umuman o‘ynamadik. 19 fevraldagi o‘yindan so‘ng tiklana olmadik. Hayot davom etadi. Bugun yaxshi imkoniyat bor edi. Endi bor e’tiborni Superliga o‘yinlariga qaratamiz.

Birinchi bo‘limda umuman harakatlanmadik. Hozirgi zamonda futbol bunday o‘ynalmaydi. Yangi futbolchilar? Buni vaqt ko‘rsatadi. Bugun mavsumdagi o‘zimizning eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. Chempionat boshlanguncha tayyorgarlik ko‘ramiz va kamchiliklarni bartaraf etishga intilamiz.

O‘ylashimcha tarkibni boshqa o‘zgartira olmaymiz. Boisi, ko‘p vaqt qolmadi chempionat startiga. Chempionatga yanada yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz ", - dedi Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov mag‘lubiyat haqida: "Birinchi bo‘limda umuman o‘ynamadik"