06:00 / 24.02.2019
4 003

Nurmagomedov faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Nurmagomedov faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
UFC’ning yengil vazndagi amaldagi chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘zining faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev ma’lum qildi.

“Xabib asta-sekin jangga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. U boks taraqqiyoti markazida mashg‘ulot o‘tkazdi. Biz uning boks jangi o‘tkazish borasidagi taklifimizga javob berishini kutmoqdamiz”, deb aytgan Kremlev.

Avvalroq Kremlev Nurmagomedovning faoliyatidagi ilk boks jangi 2019 yil yozda Moskvada bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan. U dog‘istonlik sportchining raqibi kim bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.
2018 yil 14 oktyabrda rossiyalik yakkakurashchi amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyvezerga ringda jang qilishni taklif qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda