16:20 / 25.02.2019
4 696

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-02/1551093462_mxuxvlkxcati71d9ugydcwhiutzyb4.jpg[/img] Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14 ta klub ishtirok etadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo‘mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublari

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-02/1551093462_mxuxvlkxcati71d9ugydcwhiutzyb4.jpg[/img] Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14 ta klub ishtirok etadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo‘mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublari
Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14 ta klub ishtirok etadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo‘mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo‘llanmasini taqdim etdi, deb ma’lum qilindi O‘FA rasmiy saytida.

«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hududlarda futbolni rivojlantirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan viloyat hokimlarini qadrlaydi. Bungacha Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kabilar viloyat futbolini rivojlantirish yo‘lida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirayotgandi. Ortda qolgan bir necha oy davomida esa Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hokimlari ham O‘FA bilan to‘laqonli hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, O‘FA birinchi vitse-prezidenti mazkur qarorni quyidagicha izohlagan:
«Surxondaryo viloyati bir necha yillar davomida katta futboldan uzoqda qoldi. Erkinjon Turdimov mazkur viloyatga rahbar etib tayinlangach, viloyat futbolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatila boshlandi. Ayni vaqtda «Surxon» futbol klubi Litsenziyalash qo‘mitasi ilgari surgan barcha talablarni bajardi. Viloyatdagi bosh stadionni ta’mirlashda ayni vaqtdagi hokim Bahodir Po‘latov ham o‘z yordamini ayayotgani yo‘q. Erkinjon Turdimovning o‘zi esa endilikda Samarqand viloyatida futbolni ko‘tarish ishlarini boshlab yubordi. Mazkur ishlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining e’tiboridan chetda qolmaydi. Shuningdek, har ikki viloyatda millionlab futbol muxlislari katta futbolni sog‘inib qolgani uchun ham «Dinamo» va «Surxon»ga shartli ravishda Superliga yo‘llanmasini taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilindi», – degan Umid Ahmadjonov.

Bungacha Professional futbol ligasi 12 ta klub ishtirok etishi uchun mo‘ljallangan format va reglamentni taqdim etib ulgurgandi. Keyinroq bu masala Litsenziyalash qo‘mitasi va O‘FA Ijroqo‘mi a’zolari o‘rtasida tahlil qilingan.
«Unda qator fikrlar bildirildi, jamoalar sonining oshishi munozaralarga sabab bo‘ldi. Yakunda O‘FA Ijroqo‘mi Professional futbol ligasiga yangi talab bo‘yicha ayrim bandlari o‘zgartirilgan reglamentni tasdiqdan o‘tkazish uchun bir hafta muhlat belgiladi. Qo‘shimchasiga, bugun — 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimida «Surxon» va «Dinamo» vakillari ham ishtirok etishiga ruxsat berdi», – deya ta’kidlangan rasmiy bildirishda.

Umid Ahmadjonov mazkur o‘zgarishdan ko‘zlangan maqsadni quyidagicha tushuntirgan:
«Chempionat startiga bir necha kun qolganda shunday qaror qabul qildik. Bungacha Superliganing 12ta klubini o‘z talablarimiz bo‘yicha ishlashga unday oldik. Endi esa yana ikki klub ularga yetib olish yo‘lida mehnat qiladi. Bizning maqsadimiz – iloji boricha kattaroq hududlarni futbol bilan qamrab olish, iloji boricha ko‘proq muxlislarni futbolga qaytarishdan iborat. Mana shunday katta maqsadlar yo‘lida reglamentlardagi kichik o‘zgarishlargacha borishga tayyormiz», — degan Umid Ahmadjonov.

Ma’lum qilinishicha, Superliganing yangi formati va uning atrofidagi qolgan jarayonlar haqida Professional futbol ligasi rasman ma’lumot beradi.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 18:45da Superliganing yangi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi boshlanadi. Tadbir «Sport» telekanali orqali jonli namoyish etilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » [img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-02/1551093462_mxuxvlkxcati71d9ugydcwhiutzyb4.jpg[/img] Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14 ta klub ishtirok etadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo‘mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublari