16:42 / 03.03.2019
3 995

Xenk Ten Kate: “Lokomotiv”ga oʻtgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz"

Xenk Ten Kate: “Lokomotiv”ga oʻtgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz"
OCHLning 1-turi doirasidagi “Lokomotiv” - “Al Vahda” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Xenk Ten Kate va hujumchi Sebastyan Talyabue ishtirok etdi.

“Ertaga har ikkala jamoani ham qizqarli uchrashuv kutib turibdi. Biz yaxshi oʻyin koʻrsatishimiz kerak. Chunki oʻtgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz. ”Lokomotiv“ oʻzbekistonning eng kuchli jamoasi. Soʻnggi yillarda bu klub OCHLda muntazam ravishda oʻynab kelmoqda. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. ”Lokomotiv“ning baʼzi oʻyinlari va Superkubokdagi oʻyinlarini koʻrdim. Shunga yarasha biz taktik oʻyin koʻrsatishga harakat qilamiz. Biz uchun eng muhimi ijobiy natijaga erishish. Toshkentga mavjud boʻlgan eng kuchli tarkibni olib keldik. Ertaga mana shu futbolchilarning kuchidan foydalanib ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz”, - deydi Xenk Ten Kate.

“Avvalo shuni aytishim kerakki, OCHL har doim juda qiyin boʻlgan. Bu katta musobaqa hisoblanadi. Ertga esa guruh bosqichining birinchi turida oʻynaymiz. Raqib bu yil hozircha bitta rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Balki ”Lokomotiv“ jismoniy tomonlama yaxshi holatda boʻlishi mumkin, ammo biz koʻplab oʻyinlar oʻtkazdik va oʻyin amaliyoti boʻyicha biz ustunroqmiz. Bizda shuningdek yangi murabbiy ish boshladi. Bu murabbiy kelgach oʻyinimiz ancha yaxshilandi. Shunga koʻra ertaga yaxshi natijadan umid qilsak boʻladi”, - deydi Sebastyan Talyabue.

- Oʻtgan mavsum bu ikki klub bir guruhda boʻlgan va “Lokomotiv” ham, “Al Vahda” ham guruhda qolib ketgan. Bu yil jamoa oldiga OCHLda aynan qanday maqsad qoʻyilgan? Bilamizki BAA klublari OCHLga u qadar katta ahamiyat berishmaydi.
- Men ortga qarashni yoqtirmayman, kelajakni oʻylayman. Oʻtgan yilgi voqea oʻtib ketdi. Bu menga qiziq emas, faqat kelajkka qarayman. Bilaman, ertaga oson boʻlmaydi. Dastlabki oʻyinlarni yutib keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Hozirgi eng asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish.

- Siz kelganingizdan keyin jamoa uslubingizni oʻzlashtirib oldimi?
- Albatta biz nimanidir oʻzgartirishg harakat qildik. Chunki har bir murabbiy jamoa oʻyinini oʻzgartiradi. Oʻylaymanki, biz yaxshi oʻynayapmiz. Bu haqida futbolchidan koʻproq soʻrash kerak. Chunki ular maydonga tushib oʻynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xenk Ten Kate: “Lokomotiv”ga oʻtgan yil 0:5 hisobida yutqazganmiz, buni juda yaxshi bilamiz"