18:35 / 04.03.2019
4 086

Xenk Ten Kate: “Bugun juda ahmoqona xato qildik”

Xenk Ten Kate: “Bugun juda ahmoqona xato qildik”
“Lokomotiv” - “Al Vahda” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Xenk Ten Kate ishtirok etdi.

“Oʻyinning dastlabki 25 daqiqada nimalar boʻlganini unchalik tushunmadik. Eʼtibor qilgan boʻlsangiz aynan 25 daqiqada birinchi oʻzgarishni amalga oshirdik. Birinchi gol juda gʻalati boʻldi, ”Lokomotiv"dagi 5-raqamdagi himoyachi boshi bilan yaxshi oʻynay olishini bilardik, ammo shunga qaramay uni qoʻyib yubordik va shuning oqibatida gol oʻtkazib yubordik.

Ikkinchi gol esa qoʻshimcha daqiqalardan urildi. Tan olish kerak juda chiroyli va yaxshi zarba boʻldi. Shu bois ham 0:2 hisobida magʻlub boʻldik. Raqib jamoani gʻalaba bilan tabrikladik", - deydi Xenk Ten Kate.

- BAA klublari oʻzbek klublari bilan oʻyinlarda doim muammolarga duch keladi. Oʻzaro natijalarda ham ustunlik oʻzbek klublari tomonida. Buning sababi nimada deb oʻylaysiz?
- Bilmayman. Men faqat oʻz jamoam haqida gapirishim mumkin. Biz juda ham ahmoqona xato qildik. Balki Oʻzbekistonga kelib BAA klublari yutqazishi mumkin, xuddi shunday oʻzbek klublari ham BAAga borganda yutqazadi. Ikkinchi taymda biz oʻyinni boshqarganimiz xursand qildi. Tezkor goldan soʻng taktikamiz ham oʻzgarib ketdi. Oʻylaymanki oʻz maydonimizdagi oʻyinda yutsak barchasi yaxshi boʻladi. Balki ob-havo ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin, bu yer sovuq ekan.

- Jamoa himoyasi haqida qanday fikrdasiz? Halil va Talyabue sizning oldingizda urishib ketdi.
- Ikkalasi urishib ketdi? Men arab tilini bilmayman shu bois nimalar deyishganini bilmayman. Mendan nima eshitishni xohlaysiz? Biz faqat oʻyin haqida gaplashamiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xenk Ten Kate: “Bugun juda ahmoqona xato qildik”