23:57 / 08.03.2019
3 505

Makgregor Floyd Meyvezer bilan revansh jangi oʻtkazmoqchi shekilli

Makgregor Floyd Meyvezer bilan revansh jangi oʻtkazmoqchi shekilli
UFCʻning sobiq chempioni Konor Makgregor yengilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan boʻlib oʻtgan jangi haqida oʻz fikrini bildirdi.

«8-raundda men unga yaxshigina oʻng huk zarbalarini berdim. Hujum qilish uchun ajoyib burchakni topdim. U qoʻlga tushdi. Menga eng kerak narsa esa oyoq bilan toʻgʻri ishlash, soʻngra olovdek hujum qilish edi.

Masalan, huk zarbasini berganimda biroz tezlashdim va muvozanatni yoʻqotdim. Qanday boʻlmasin, bu ajoyib boks oqshomi edi. Revansh — soʻzsiz ajoyib gʻoya», — deb yozadi Makgregor oʻzining Twitterʻdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning avgust oyida Floyd Meyvezer Konor Makgregorni 10-raundda texnik nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor Floyd Meyvezer bilan revansh jangi oʻtkazmoqchi shekilli