09:05 / 09.03.2019
3 419

“Yuventus” oʻz maydonida “Udineze”ni 4:1 hisobida yengdi (video)

“Yuventus” oʻz maydonida “Udineze”ni 4:1 hisobida yengdi (video)
Italiya chempionatining 27-turidan oʻrin olgan “Yuventus” – “Udineze” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Alyans Stedium”da kechgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Turinliklar safida 19 yoshli futbolchi Moyze Kin dubl qayd etgan boʻlsa, Emre Jan va Bles Matyuidilar bir martadan raqib darvozasini ishgʻol etishdi. Mehmonlarning yagona javob toʻpini Kevin Lazanya urdi.

Shu tariqa, “Yuventus” ochkolarini 75 taga yetkazib olgan holda ikkinchi oʻrindagi “Napoli”ni 19 ochkoga ortda qoldirmoqda.

A Seriya, 27-tur
Yuventus – Udineze 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Jan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.
Yuventus – Shchensni, Kaseres, Bardzali (Bonuchchi, 25), Rugani, Spinassola, Jan, Bentankur, Aleks Sandro, Bernardeski, Matyuidi (Dibala, 72), Kin (Nikolussi-Kavilya, 80).
Udineze – Musso, De Mayo, Trost-Ekong, Nyuytink (Opoku, 25), ter Avest (Sandro, 62), Larsen, Uilmot (Lazanya, 46), Fofana, Zegelar, Pussetto, de Paul.
Ogohlantirishlar: Larsen (27), Pussetto (50), Opoku (53).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” oʻz maydonida “Udineze”ni 4:1 hisobida yengdi (video)