12:30 / 09.03.2019
5 552

Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan revansh jang oʻtkazishga tayyorligini aytdi

Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan revansh jang oʻtkazishga tayyorligini aytdi
Ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni britaniyalik Lennoks Lyuis 100 mln dollarga amerikalik bokschi Mayk Tayson bilan revansh jang oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.

“Bilasizmi, men odamlarga boksga 100 mln dollarga qaytishga tayyorligimni aytganman. Agar niyatingiz jiddiy boʻlsa, menga shartnomani koʻrsating. Men oʻtmishning jangchilariga qaraganimda, ularni sportda bunday uzoq qolishga nima majbur qilgani haqida oʻylayman.

Sabab esa boks tushish ular qila oladigan yagona narsadir. Bunday yigitlar oʻzlarini musiqa yoki raqsda, yoxud boshqa bir joyda sinab koʻrmaydilar”, deb aytgan Lyuis.

Ikki bokschi oʻrtasidagi jang 2002 yilda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda britaniyalik 8-raundda nokaut bilan “temir” Mayk ustidan gʻalaba qozongan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan revansh jang oʻtkazishga tayyorligini aytdi