Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) oʻzining ikkinchi jangida ham muddatidan oldin gʻalaba qozondi.
U Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan Turning Stone Resort & Casino arenasida ringga koʻtarilib, chempionlik kamarini himoya qildi.
Venesuelalik Frenk Roxasga (24-3, 23 KO) qarshi 10 raundga moʻljallangan jangda Isroil Madrimov ikkinchi raunddayoq gʻalabaga erishdi. Dastlab raqibining jigar va bosh qismiga kuchli zarbalar yoʻllagan Isroil Madrimov Roxasni nokdaun holatiga tushirdi. Roxas birinchi vaziyatda oʻrnidan turishga muvaffaq boʻldi, ammo Madrimovning ketma-ket zarbalaridan soʻng yana yerga quladi. Bu safar raundning 1:56 soniyasi oʻtib borayotganda Isroilning chap qoʻldagi kross zarbasidan soʻng raqib chuqur nokaut holatiga tushib qolgandi.
A vicious knockout by Israil Madrimov stops this fight in the 2nd round.#BivolSmithJr ➡️ https://t.co/j4BIUf4XnH pic.twitter.com/QPEk66LReo
— DAZN USA (@DAZN_USA) March 10, 2019
Sportchi uzoq vaqt oʻziga kela olmadi va uni tez tibbiy yordam xodimlari maxsus zambillarga solgan holda olib chiqib ketishlariga toʻgʻri keldi.
Ushbu gʻalaba evaziga Madrimov oʻzining WBA InterContinental chempionlik kamarini yana bir marotaba himoya qildi. Birinchi jangida u meksikalik Vladimir Ernandesni (10-3, 6 KO) 6 raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratib ushbu kamar sohibiga aylangandi.
Ketma-ket ikkinchi gʻalaba evaziga u WBA yoʻnalishida oʻz reyting pogʻonasini ham sezilarli ravishda yaxshilab oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!