16:05 / 11.03.2019
6 231

Yaponiyalik futbolchi tepgan toʻp darvoza yoniga borib toʻxtab qoldi (foto, video)

Yaponiyalik futbolchi tepgan toʻp darvoza yoniga borib toʻxtab qoldi (foto, video)
“Gannover” - “Bayer” oʻrtasidagi oʻyinning birinchi taymida mezbonlar yarim himoyachisi Genki Xaraguchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib uni aldab boʻsh darvozaga zarba berdi, koʻpchilik gol deb baqirishni ham boshladi, ammo... Maydonda yigʻilgan qor tufayli toʻp sekinlashdi va darvoza chizigʻi yonginasida toʻxtab qoldi. Yaponiyalik futbolchi va mezbonlar muxlislariga qanchalik alam qilganini tasavvur qilib koʻring.

“Gannover” hozir Bundesligada qolish uchun kurashmoqda, shu bois jamoaga har bir ochko juda zarur. Oʻyindan soʻng jamoa ustozi Tomas Doll bu vaziyat haqida gapirdi:

“Genki darvozabonni aldab oʻtib, boʻsh darvozaga zarba berganida toʻp toʻxtab qoldi. Musobaqa jadvali eng soʻnggi pogʻonasida mana shunday omadimiz kelayapti”.

“Gannover” oʻsha vaziyatda 0:2 hisobida ortda qolayotgandi, yakunda esa 2:3 hisobi qayd etildi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiyalik futbolchi tepgan toʻp darvoza yoniga borib toʻxtab qoldi (foto, video)