13:28 / 12.03.2019
5 251

“Paxtakor” Babayan hujjatlarga noqonuniy oʻzgartirishlar kiritganini tasdiqladi

“Paxtakor” Babayan hujjatlarga noqonuniy oʻzgartirishlar kiritganini tasdiqladi
Samvel Babayan oʻzbek futboliga qaytgani katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Kun.uz muxbiri mutaxassisning futbolga qaytishi, uning diskvalifikatsiyasi va klubda olib borilayotgan ishlar borasida suhbatlashish uchun “Paxtakor” klubi bosh direktori Dmitriy Adisman bilan uchrashdi.

Maʼlum boʻlishicha, “Paxtakor”ning yangi rahbariyati Babayan vaqtida yuzaga kelgan hujjatlar borasidagi muammolarni bartaraf etgan.

“Ha, bizning Babayanga savollarimiz bor edi va ularni murabbiy bilan uchrashuvlar chogʻida hal qildik. Muammo klubning yoshlar jamoasidagi futbolchilarning hujjatlari bilan bogʻliq edi”, - deydi Adisman.

Muammo tarixi
2018 yil 15 yanvar kuni OʻFF ijroiya qoʻmitasi (endilikda OʻFA) Babayanni butun umrga futboldan chetlashtirgan edi. Sabab sifatida klubni tark etish oldidan Babayanning “Paxtakor”da futbolchilarning hujjatlarga juzʼiy oʻzgartirishlar kiritgani keltirilgandi.

“Babayan klubda rahbariyat oʻzgarishini bilgach shartnomasi 2018 yilgacha boʻlgan futbolchilarning hujjatlarini 2017 yilgacha qilib oʻzgartirgan. Bu orqali yil soʻngida erkin agentga aylangan futbolchilarni boshqa klublarga yuborish orqali pul ishlashni maqsad qilgan”,- deyilgandi xususan ijroiya qoʻmitasi bayonotida.

Biroq keyinchalik maʼlum boʻldiki, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki hafta oʻtib bekor qilingan. Bunga sabab sifatida murabbiyning terma jamoadagi faoliyati davomida koʻrsatgan vatanparvarligi keltirilgan. Bu haqda Babayanning oʻzi Kun.uzʻga maʼlum qilgan.

26 fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi Babayanni klub prezidenti Mansur Rajabovga maslahatchi etib tayinladi.

“Mening yagona xatom shu boʻldiki, vaqtida muxlislarga oʻz qarorlarimni tushuntirib bermadim. Agar nima uchun bu emas, mana bu futbolchilar oʻynaganini tushuntirib berganimda, menga bunchalik katta bosim boʻlmasdi”,- degandi Babayan Kun.uz bilan suhbatda.

“Paxtakor”ning reaksiyasi
Dmitriy Adisman 2017 yil may oyida “Paxtakor” direktori boʻldi. “Jamoani qabul qilib olganimizda 90 foiz futbolchilarning shartnomalari yil oxirida yakuniga yetardi. Biz har bir futbolchi bilan alohida ishlab, yuridik muammolarni bartaraf etdik. Hozir bizning Babayanga eʼtirozimiz yoʻq. U bilan bogʻliq muammolarni uchrashib hal qilganmiz. Agar uni «Paxtakor”ga olib kelganimizda balki muxlislarning noroziligiga sabab boʻlishi mumkin edi»,- deydi Adisman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” Babayan hujjatlarga noqonuniy oʻzgartirishlar kiritganini tasdiqladi