09:24 / 13.03.2019
2 850

Ronaldu: “Biz maxsus kecha uyushtirishni xohlagandik”

Ronaldu: “Biz maxsus kecha uyushtirishni xohlagandik”
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Atletiko”ga qarshi super oʻyindan keyin (3:0) oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Uchrashuvda Krishtianu xet-trikka erishgan holda “Yuventus” jamoasini YECHL chorak finaliga olib chiqdi.

"Biz maxsus kecha uyuushtirishni xohlagandik. Bu faqat mening maqsadlarim uchun emas, balki butun jamoa uchun. Ushbu natija Chempionlar Ligasidagi oʻyinga toʻgʻri yondashuv va fikrlash natijasi hisoblanadi. Shuning uchun biz faxlanishimiz kerak.

Men faqat oʻz ishimni qildim va juda xursandman. Balki, Allegri shuning uchun meni jamoaga taklif qilgandir. Ajoyib kecha boʻldi. “Atletiko”ga qarshi oʻynash har doim qiyin boʻlib kelgan. Lekin, biz ham kuchli ekanligimizni isbotladik", — deya Ronalduning soʻzlarini keltirdi UYEFA rasmiy sayti.

“Yuventus” oʻz maydonida “Atletiko” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga erishdi va oqibatda turinliklar uchun chorak final eshiklari ochildi. Ronaldu esa “Atletiko”ga qarshi 33 oʻyinda 25 ta toʻp kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ronaldu: “Biz maxsus kecha uyushtirishni xohlagandik”
[/banner_pushhouse