08:49 / 14.03.2019
3 250

“Barselona” oʻzida “Lion” darvozasiga beshta gol urdi (video)

“Barselona” oʻzida “Lion” darvozasiga beshta gol urdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan “Barselona” – “Lion” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Kamp Nou” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlarni qoʻli baland keldi.

Oʻyinkutilganidek katalonlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. 18-daqiqada mezbonlar penalti ishlab olishdi, uni Lionel Messi aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

31-daqiqada mezbonlarning uzoq davom etgan kombinatsiyasini Filippe Koutino gol bilan yakunladi. Unga golli pasli Luis Suares uzatdi.

Ikkinchi boʻlim debyutida mehmonlar javob toʻpini kiritishga muvaffaq boʻlishdi, burchak zarbasidan soʻng yuzaga kelgan vaziyatda Lukas darvozani ishgʻol etdi.

78-daqiqada Messi maydon markazida toʻpni qabul qilib oldi va bir nechta himoyachilarni aldab oʻtgan holda chiroyli golga muallif boʻldi.

81-daqiqada katalonlar qarshi hujumda gol urishdi. Messi yana bir nechta himoyachini ortda qoldirib jarima maydoniga kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, Xerard Pike esa boʻsh qolgan darvozani ishgʻol qildi.

85-daqiqada Usmon Dembele jamoasining yana bir qarshi hujumini gol bilan yakunladi.
Shu tariqa, ikki oʻyin natijasiga koʻra ispanlar chorak finalga yoʻl olishdi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
Barselona Ispaniya – Lion Fransiya 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 17, penalti Messi, 2:0 – 31 Koutino, 2:1 – 58 Tuzar, 3:1 – 78 Messi, 4:1 – 81 Pike, 5:1 – 86 Dembele.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 83), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 74), Koutino (Dembele, 70), Messi, Suares.
Lion – Antoni Lopesh (Gorjlen, 34), Marselo, Marsal, Mendi (Korne, 77), Denayer, Depay (Traore, 73), Tuzar, Fekir, Ndombele, Dyubua, Dembele.
Ogohlantirishlar: Marsal (33), Dembele (45), Langle (49).
Ilk oʻyin – 0:0

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” oʻzida “Lion” darvozasiga beshta gol urdi (video)