10:13 / 14.03.2019
4 051

Ogʻir atletika. Tursunoy Jabborova JCHda oltin medalni qoʻlga kiritdi

Ogʻir atletika. Tursunoy Jabborova JCHda oltin medalni qoʻlga kiritdi
Las-Vegasda davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi JCHda vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz vakili oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, qizlar oʻrtasida -81 kg vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast koʻtarish mashqida 96 kg natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Vakilamiz siltab koʻtarishda 118 kg va ikki kurashda 214 kg bilan yakunda kumush medallarga ega chiqdi.

Ogʻir atletika. Oʻsmirlar oʻrtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Qizlar, -81 kg:
1. Olga Pastuxova (Qozogʻiston) – 215 kg
2. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) – 214 kg
3. Motoka Nakajima (Yaponiya) – 195 kg

Bundan oldin, Kumushxon Fayzullayeva ogʻir atletika boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ogʻir atletika. Tursunoy Jabborova JCHda oltin medalni qoʻlga kiritdi