09:12 / 16.03.2019
4 272

Zidan kimga koʻproq ishonayotganini oshkor qildi

Zidan kimga koʻproq ishonayotganini oshkor qildi
“Real” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan uelslik futbolchi Garet Beylga umid bildirayotganini aytdi.

Avvalroq, OAV orqali Zidan Beylni sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Barchamiz Beylning qanday futbolchi ekanligidan xabardormiz. Biz ham, shuningdek, u ham ishlashga tayyor. Beyl mavsumni qanday oʻtkazayotganligi haqida gapirmoqchi emasman. Bizni kutib turgan 11ta bahs haqida oʻylayapman. Xuddi, jamoaning boshqa aʼzolariga ishonganim kabi, Beylga ham umid bildiraman. Mavsumni yaxshi yakunlashimiz kerak. Hozir kim jamoadan ketishi yo ketmasligi haqida gapirishning mavridi emas. Hammasi yana boshidan boshlanmoqda va meni yangi sarguzashtlar kutmoqda.” – deydi 46 yoshli fransiyalik mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, Zidan qaytganidan soʻng, “Real” ilk bahsini LaLiga 28 turi doirasida “Selta”ga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv 16 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan kimga koʻproq ishonayotganini oshkor qildi