08:35 / 18.03.2019
3 249

Yurgen Klopp: “Oʻzimni ”Liverpul“ga mos murabbiy deb hisoblayman”

Yurgen Klopp: “Oʻzimni ”Liverpul“ga mos murabbiy deb hisoblayman”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp sobiq “Bavariya” himoyachisi Frans Bekkenbauer soʻzlariga javob qaytardi.

“Germaniyada Frans Bekkenbaerdan buyukroq afsona yoʻq. U men haqimda iliq gapirganini his qilib turibman. Uning soʻzlari qilili podshoh oddiy insonni Ser deb chaqirganga oʻxshaydi. Agar u shunday deb oʻylasa, ”Liverpul“ga iltifot koʻrsatgan boʻladi. ”Bavariya" soʻnggi 10-15 yil ichida koʻp xatolarsiz toʻgʻri ishlarni amalga oshirdi. Lekin, oʻzimni bu yerda yaxshi his qilyapman.

Bu yer menga yoqadi, jamoani rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Oʻzimni “Liverpul” uchun mos murabbiy deb hisoblayman. Har doim oʻzimni futbolda isbotlashim kerak", - deya Kloppning soʻzlarini keltirdi Sky Sports nashri.

Avvalroq, Frans Bekkenbauer Klopp “Bavariya” klubida choʻqqiga erishishi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: “Oʻzimni ”Liverpul“ga mos murabbiy deb hisoblayman”