08:54 / 18.03.2019
2 822

“Liverpul” Londonda “Fulxem” ustidan qiyin gʻalabaga erishdi (video)

“Liverpul” Londonda “Fulxem” ustidan qiyin gʻalabaga erishdi (video)
Angliya chempionatining 31-turidan oʻrin olgan “Fulxem” – “Liverpul” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Kreyven Kottej” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlarning qoʻli baland keldi.

26-daqiqada Sadio Mane mersisaydlarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, 74-daqiqada Payan Babel muvozanatni tikladi. 81-daqiqada mehmonlar penalti ishlab olishdi, uni Jeyms Milner aniq bajarib, jamoasiga uch ochko keltirgan golga muallif boʻldi.

Shu tariqa, “Liverpul” ochkolarini 67taga yetkazib olgan holda birinchi oʻringa koʻtarilib oldi. “Fulxem” (17) esa 19-pogʻonada qoldi.

APL, 31-tur
Fulxem – Liverpul 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar:
0:1 – 26 Mane, 1:1 – 74 Babel, 1:2 – 81, penalti Milner.
Fulxem – Riko, Chembers, Rim, Brayen, Fosu-Mensa (Kristi, 73), Kerni (Kebano, 82), Seri (Sessenon, 65), Ayite, Zambo-Angissa, Babel, Mitrovich.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Fabino, Lallana (Milner, 72), Veynaldum, Mane, Firmino (Origi, 72), Salax.
Ogohlantirishlar: Fabino (39), Zambo-Angissa (65).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” Londonda “Fulxem” ustidan qiyin gʻalabaga erishdi (video)