10:17 / 19.03.2019
3 362

Isroil Madrimov: “Gʻalabalarimiz zamirida xalqimizning duosi mujassam!”

Isroil Madrimov: “Gʻalabalarimiz zamirida xalqimizning duosi mujassam!”
Professional bokschimiz WBA InterContinental chempionlik kamari sohibi Isroil Madrimov Toshkentga yetib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bokschimizni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Isroil Madrimov ommaviy axborot vositalari xodimlariga intervyu berdi.

“Bayram arafasida Oʻzbekistonga qaytish juda yoqimli. Fursatdan foydalanib, xalqimizni Navroʻz bayrami bilan tabriklayman. Biz sportchilar oʻz gʻabalarimiz bilan hamisha yurtdoshlarimizni xushnud etaveraylik. Gʻalabalarimiz zamirida xalqimizning duosi mujassam. Tong sahar boʻlishiga qaramay, janglarimizni tomosha qilgan hammaga oʻz tashakurimni bildiraman. Tez orada asosiy chempionlik kamari uchun ham jang oʻtkazamiz”, - dedi Madrimov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov: “Gʻalabalarimiz zamirida xalqimizning duosi mujassam!”