23:00 / 20.03.2019
3 015

Shahobiddin Zoirovning prof boksdagi debyut jangi qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

Shahobiddin Zoirovning prof boksdagi debyut jangi qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi
Xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi.

Buxorolik charm qoʻlqop ustamiz bir muddat avval Buyuk Britaniyaning mashhur MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. U xatto yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini ham oʻtkazishga ulgurgandi.

Nihoyat, Zoirovning professional boksdagi debyut jangi qachon va qayerda oʻtkazilishi maʼlum qilindi. Agar vaziyat oʻzgarib qolmasa, Zoirov ishtirokidagi jang 5 aprel kuni BAAning Dubay shahrida oʻtkaziladi. “Kite Beach”da oʻtkaziladigan prof boks oqshomi USA ESPN+ telekanali orqali efirga uzatiladi. Tez orada Shahobiddinning raqibi eʼlon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirovning prof boksdagi debyut jangi qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi