19:59 / 26.03.2019
3 157

Oʻzbekiston U-23 murabbiyi Tojikistonga qarshi kechgan oʻyinni “fantastik”, deb atadi

Oʻzbekiston U-23 murabbiyi Tojikistonga qarshi kechgan oʻyinni “fantastik”, deb atadi
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Osiyo chempionati saralashida Tojikistonga qarshi kechgan bahsdan soʻng (0:0) oʻz jamoasi oʻyiniga yuqori baho berdi. Bu haqida Xabar.uz nashri maʼlum qildi.

— Bugungi uchrashuvdan koʻnglim toʻldi. Agar qaysidir jamoa gʻalaba qozonishi kerak boʻlsa, u ham biz boʻlardik. Futbolchilardan minnatdorman va xursandman.

Biz ikki oy davomida mana shu ikki oʻyinga tayyorgarlik koʻrdik. Birinchi oʻyinda (Hindistonga qarshi kechgan bahs — 3:0) uchta gol urdik. Bugun gol ura olmagan boʻlsak ham, yaxshi oʻynadik. Tojikistonga qarshi fantastik oʻyin oʻtkazdik.

Osiyo chempionatiga qadar koʻp vaqt bor va tarkib oʻzgarishi mumkin. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik koʻrib, avvalgi natija (chempionlikni) takrorlamoqchimiz. Asosiy maqsad esa - olimpiadaga chiqish.

Bu yogʻiga endi faqat FIFA kunlari yigʻilamiz. Boshqa vaqtda esa futbolchilar oʻz klubida oʻynagani maʼqul.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston U-23 murabbiyi Tojikistonga qarshi kechgan oʻyinni “fantastik”, deb atadi