10:04 / 27.03.2019
3 003

U-23 Osiyo chempionatining barcha 16 ta jamoasi bilan tanishing

U-23 Osiyo chempionatining barcha 16 ta jamoasi bilan tanishing
Kelasi yil Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.

Kecha tunda oʻtkazilgan oʻyinlardan soʻng musobaqaga yoʻl olgan barcha 15 jamoa maʼlum boʻldi. Yaxshi bilasiz, kecha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston bilan 0:0 oʻynab guruhdagi peshqadamlikni saqlab qoldi va U-23 Osiyo chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Quyida kelasi yilning yanvar oyida boʻlib oʻtadigan musobaqa ishtirokchilari bilan tanishtirib oʻtamiz.

Tailand (mezbon), saralash guruhida birinchi oʻrinni egallagan jamoalar: KXDR, Iroq, Iordaniya, Oʻzbekiston, J.Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vyetnam, Qatar, Bahrayn, BAA; eng yaxshi koʻrsatkich qayd etgan toʻrtta ikkinchi jamoa: Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni va Suriya.

Eslatib oʻtamiz, navbatdagi musobaqada Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasi uchun kurash kechadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionatining barcha 16 ta jamoasi bilan tanishing