12:11 / 27.03.2019
3 047

Oʻzbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi oʻyini kelishilganmidi?

Oʻzbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi oʻyini kelishilganmidi?
Avval xabar berganimizdek, U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida 26 mart kuni Oʻzbekiston olimpiya termasi Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda tomonlar durang natija qayd etishdi va har ikki jamoa yakunda 4 ochkodan jamgʻardi. Toʻplar nisbati boʻyicha ustunlik vakillarimiz tomonida boʻlib, Osiyo chempionatining final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvdan soʻng mazkur uchrashuv kelishilgan oʻyin ekani toʻgʻrisida turli gap-soʻzlar tarqala boshladi. Bunga bloger Diyor Imomxoʻjayev munosabat bildirdi:

Oʻzbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi oʻyini kelishilgan degan gaplar quloqqa koʻp chalinyapti.

Shunga yaqinroq yurgan inson sifatida bu fikrlarga qoʻshilmagan boʻlardim. Agar maqsad qoʻshni respublika termasini ham keyingi bosqichga olib chiqish boʻlganida, qolgan termalarga oʻxshab golli duranglar ham qilsa boʻlardi. Aytaylik, 1:1 yoki 2:2. Bu natija Tojikistonni ham keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Masalan, eng oxirida maydonga BAA va Saudiya chiqdi. Ularni 1:1 qanoatlantirardi va ular 1:1 oʻynashdi. Pley-off oʻyinlari ham oʻtkazilganida edi, raqobat nisbatan sogʻlomroq boʻlardi fikrimcha.

Kecha esa tojiklar shunchaki durang uchun oʻynadi. Terma toʻliq himoyaga yotib oldi. Qoʻshimchasiga, Oʻzbekiston termasi ham oʻzi kutgan oʻyinni koʻrsata olmadi. Yaʼni, futbolchilarimiz hujumda hech narsa qila olishmadi, ular faqatgina minimum vazifani uddalashdi.

Ha, bu oʻyin bilan Olimpiadaga borib boʻlmaydi. Biroq bu Tailandda ham futbolchilar aynan shunday oʻynaydi degani emas. Yaxshi tarafi, Drulovich hali million ish uni kutib turganligini kecha tushundi. Tojikistonga ham 2-3 ta gol urib, bemalolxoʻja boʻlganidan koʻra, saralashning oʻzida saboq olgani yaxshiroq .
Diyor Imomxoʻjayev

Manba: uz24.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi oʻyini kelishilganmidi?