18:05 / 28.03.2019
3 625

“Sharja” klubi Shukurovga oʻziga xos usulda sogʻlik tiladi

“Sharja” klubi Shukurovga oʻziga xos usulda sogʻlik tiladi
Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov hafta boshida Xitoyga qarshi oʻyinda jarohat olganidan soʻng uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Alhamdulillah. Men uchun qaygʻurib, qoʻllab-quvvatlab turgan barchaga cheksiz rahmat.
Bu – futbol, jarohatlar esa uning bir qismi. Hali oyoqqa turib, yana ham kuchliroq boʻlib qaytaman.
Jamoam @SharjahFC esa mening yoʻqligimni bildirmaydi va biz oxirigacha kurashamiz. Insha Allah», – deb yozdi Shukurov Twitter sahifasida.

Otabekning klubi “Sharja” uning bu tvitiga javoban tezroq sogʻayib ketishini tilab, post yozdi. “Biz oxirigacha kurashamiz” deyilgan postga BAA jamoasi quyidagi suratni ilova qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 22 yoshli xavbek 25 mart kuni Xitoyning Nanning shahrida “China Cup” musobaqasining 3-oʻrni uchun mezbonlarga qarshi kechgan bahsning (1:0) birinchi boʻlimida jarohat olgandi. Natijada u shifoxonaga olib ketilgan, oʻng oyogʻi boldir suyagi pastidan singani maʼlum boʻlgach, gips qilingandi. Endi u ikki oy maydonga tusha olmaydi.

Avvalroq Otabekning jarohat olishiga sababchi boʻlgan xitoylik hujumchi Vei Shixao uni koʻrgani Oʻzbekiston milliy jamoasi joylashgan mehmonxonaga borgani xabar qilingandi. Maʼlum boʻlishicha, Shixaoning klubi “Guanchjou Evergrand” uni bu harakati uchun bir oyga jamoadan chetlatish bilan jazolagan. U fevral oyida shu klub safiga oʻtgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Sharja” klubi Shukurovga oʻziga xos usulda sogʻlik tiladi