13:00 / 29.03.2019
2 789

Belgiyalik FIFA agenti Oʻzbekiston MOQga oʻz xizmatlarini taklif qildi

Belgiyalik FIFA agenti Oʻzbekiston MOQga oʻz xizmatlarini taklif qildiBelgiyalik sport sharhlovchisi va FIFA agenti Pyer Migisha
Belgiyalik sport sharhlovchisi va FIFA agenti Pyer Migisha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida mehmon boʻlib, qoʻmitaga oʻz xizmatlarini taklif qilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, Migisha bilan qoʻmita bosh kotibi Jasur Matchanov muzokara oʻtkazgan. Xususan, 47 yoshli mutaxassis muzokaralar davomida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
– Bir Olimpiadada 13 ta medal olish har qanday davlatga ham emas. Soʻnggi Olimpiadada sizlar erishgan bunday natija Oʻzbekistonda sportning yuksak rivojlanayotganidan dalolat beradi. Futbol terma jamoangiz ham oʻz oʻrniga ega. Oʻylaymanki, JCHga chiqishda biroz xalqaro tajriba yetishmayapti. Umuman kelishimdan maqsad ham shu – Oʻzbekistonda yirik sport tadbirlarini oʻtkazishda, futbol boʻyicha terma jamoangizning katta jamoalar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishda yordam berish. Qolaversa, jahon sporti yulduzlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, turli sport boʻyicha murabbiylar uchun seminarlar va oʻquv-dasturlarini uyushtirishdagi tajribamni ham ulashmoqchiman.

Qayd etish lozim, Migishaning sharhlovchilik faoliyati asosan, La Libre Belgique, Canal + va Le Soir kanallari bilan bogʻliq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belgiyalik FIFA agenti Oʻzbekiston MOQga oʻz xizmatlarini taklif qildi