07:38 / 31.03.2019
3 016

Davron Fayziyev “Surxon”dan uchralgan magʻlubiyatga qanday izoh berdi?

Davron Fayziyev “Surxon”dan uchralgan magʻlubiyatga qanday izoh berdi?
Superliga 2-turi doirasida “Surxon” jamoasidan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev uchrashuv borasidagi oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Bugun muxlislarga yoqadigan oʻyin guvohiga aylandik. Uchrashuv oldidan “Surxon”ning ustun jihatlarini oʻrganib chiqqan edik va asosan standart vaziyatlar ustida ishlagan edik. Lekin shunga qaramasdan, oʻyinning boshidayoq standartdan soʻng gol oʻtkazib yubordik.

Lekin qolgan daqiqalarda raqib bilan tengma-teng oʻynashga intildik. Biroq gol kiritish bobida omadimiz chopmadi, hujum chizigʻi boʻyicha hali ishlashda davom etamiz", - dedi murabbiy.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev “Surxon”dan uchralgan magʻlubiyatga qanday izoh berdi?