Kecha Superliga 2-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” - “Navbahor” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻyinda bahs munozaralarga sabab boʻladigan voqealar ham kuzatildi. Hakamlarning qarori borasi boʻyicha MOQ rahbarining maslahatchisi Xayrulla Hamidov telegramdagi oʻzining sahifasida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi.
- Men oʻyinni, xususan xavfli vaziyatlarni qaytadan koʻrib chiqdim. Hakam Serazetdinov “Lokomotiv” darvozaboniga ishlatilgan qoʻpollikni toʻgʻri baholagan ekan. Dunyoning istalgan oʻyinida umumqoida bor: jarima maydonchasi ichida darvozabonga barmoq uchiniyam tekkizib boʻlmaydi. Kasyan esa, harchandki toza oʻynashga urinmasin, qoʻlini yoyib yubordi va natijada gol urayotgan payti Ilyosovga nisbatan qoʻpol oʻynab qoʻydi.
Bunday paytda himoyalanayotgan tomonning foydasiga hukm chiqariladi. Serazetdinovning qaroriga sharh davomida biroz qoʻshilolmagan boʻlsam-da, takroriy lavhalar bot-bot namoyish etilishi asnosida shubham qolmadi.
Buning ustiga, ikkinchi boʻlimdagi “Lokomotiv” total ustunlik bilan oʻynab gʻalabaga haqli boʻlib ham qoldi.
Namanganlik futbol ishqibozlarini futbolga qoʻshayotgan hissalarini eʼtirof etaman, hamisha qoyil qolaman. Ularga cheksiz hurmatimni izhor etgan holda, vaziyatga baribir adolat nuqtai nazaridan qarab shunday deyman: Bu kecha temiryoʻlchilar natijaga yarasha ozgina ustunroq edilar, hakamning qarorlari ham asosli edi.
Eng muhimi, Namanganga, ahli oilalari bagʻriga eson-omon yetib olishlari muhim men uchun...
Natijalar keyingi turdan yaxshilanishiga ishonib qolaman, - deya yozgan Xayrulla Hamidov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi