19:25 / 31.03.2019
3 438

“Paxtakor” derbida “Bunyodkor”ni magʻlub etdi (video)

“Paxtakor” derbida “Bunyodkor”ni magʻlub etdi (video)
Toshkentda Superliga 2-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin yakunlandi. Oʻyinda hisob uchrashuvning 17-daqiqasida ochildi. Marat Bikmayev oshirgan toʻpni Dostonbek Xamdamov yaqin masofadan darvozaga kiritdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida mehmonlar oradagi farqni yoʻqqa chiqardi. Mirjahon Mirahmedov gol muallifi. Shu tarzda birinchi boʻlim oʻz yakuniga yetdi.

Ikkinchi boʻlim jiddiy hujumlar bilan boshlandi. Har ikki jamoa gol urish uchun harakat qilishdi. Dragan Cheran oʻyindagi gʻalaba toʻpini 63-daqiqada kiritdi. Masharipov oshirib bergan toʻpni Cheran boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi.

“Bunyodkor” rasman mezbon boʻlgan, lekin “Paxtakor” stalionida oʻtkazilgan oʻyinda “Paxtakor” 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu gʻalabadan soʻng “Paxtakor” ochkolari sonini 6 taga yetkazib, yetakchilikni saqlab qoldi.

Superliga-2019, 2-tur
“BUNYODKOR” - “PAXTAKOR” 1:2

Gollar: Mirjahon Mirahmadov (35) – Doston Hamdamov (17), Dragan Cheran (53).
Bunyodkor: Murod Zuhurov, Islom Qobilov, Anvar Gʻofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Sardor Azimov, 78), Xurshid Gʻiyosov, Javohir Qahramonov (Sanjar Rihsiboyev, 61), Mirjahon Mirahmadov, Nurillo Toʻxtasinov, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullayev (Suhrob Izzatov, 43).
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Yegor Krimes, Vladimir Kozak, Farrux Sayfiyev, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxoʻjayev, 46), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov, Marat Bikmayev (Javohir Siddiqov, 60).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” derbida “Bunyodkor”ni magʻlub etdi (video)