19:42 / 31.03.2019
2 630

Shota Arveladze: “Abramov toʻp nazoratini yaxshi koʻradi”

Shota Arveladze: “Abramov toʻp nazoratini yaxshi koʻradi”
Superliga 2-turi doirasida “Bunyodkor” ustidan qozonilgan gʻalabadan (2:1) soʻng “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Uzoq tanaffusdan soʻng yana avvalgi holatga qaytish uchun ishlashga toʻgʻri keladi. Raqibni ham taʼkidlab oʻtishni istardim. Ular bilan doim oʻyinlar qiziq kechadi. Stadionga kelgan muxlislar ham iliq muhit hosil qilishdi.

Raqib oʻyinlarini kuzatdik. Chempionatda bir bahs oʻtkazishdi. Murabbiy toʻpni nazorat qiladigan oʻyinni xush koʻradi. Bu jihatlarni bilardik. Biz ikkinchi boʻlimda yaxshiroq harakat qildik va gʻalaba toʻpini kiritdik. Birinchi boʻlimda juda yaxshi oʻynay olmadik. Aynan shu oʻyinga moslashib tayyorlangandik. Almashtirishlar ham faqat shu uchrashuv rejasi asosida yuzaga keldi.

Biz havodan unchalik koʻp oʻynamaymiz, koʻproq yerdan oʻynashga intilamiz. Birinchi gol shunday holatda roʻy berdi. Havoda esa Bikmayev, Cheran va Sergeyev oʻynay oladi. Ammo biz yerdan uzatmalarni amalga oshiramiz. Golda kimdir xato qiladi. Biz ham burchak zarbasidan soʻng gol oʻtkazdik.

Simich terma jamoadan kichik jarohat bilan qaytdi. Aʼzamov ogʻriq his qilayotgani sababli uni zaxirada qoldirdik. Ular “Nasaf” bilan oʻyinga tayyor holatda boʻlishadi", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Abramov toʻp nazoratini yaxshi koʻradi”