09:01 / 02.04.2019
3 215

Ilhom Moʻminjonov “Navbahor” futbolchilarini oʻyinni sotishga undagani uchun jazolandi

Ilhom Moʻminjonov “Navbahor” futbolchilarini oʻyinni sotishga undagani uchun jazolandi
Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining axloq qoʻmitasi “Navbahor” klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonovni 50 million soʻm jarimaga tortdi va 5 yilga futboldagi faoliyatdan chetlatdi. Bu haqda OʻFA sayti xabar bermoqda.

OʻFA axloq qoʻmitasining 2019 yil 20 fevraldagi 02/2019 sonli yigʻilish qaroriga asosan, OʻFA futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasiga “Navbahor” klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonovning kelishilgan oʻyinlarga aloqadorligini oʻrganish va surishtiruv ishlarini olib borish yuklatilgan edi.

OʻFA futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Ilhom Moʻminjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida, u bilan birga ishlagan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirildi. Bir qancha hujjat va dalillar aniqlanib, koʻrib chiqish uchun OʻFA ahloq qoʻmitasiga taqdim qilindi.

OʻFA axloq qoʻmitasi bu hujjat va dalillarni oʻrganib chiqib, bugun, 1 aprel kuni yakuniy yigʻilishini oʻtkazdi va quyidagi mazmunda qaror qabul qildi:

1. “Navbahor” klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonov 2017 yil mavsumida kelishilgan oʻyinlarni tashkil qilish, jumladan, oʻyin natijasiga taʼsir qilish maqsadida “Navbahor”ning bir qancha futbolchilarini oʻyinni sotishga undagani uchun, OʻFA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan 50 000 000 (ellik million) soʻm miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, OʻFA axloq qoʻmitasining 2019 yil 2 fevraldagi 01/2019-sonli yigʻilish qarori bilan 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgani inobatga olinib, 4 (toʻrt) yil muddatga, futboldagi har qanday faoliyatdan umumiy hisobda 5 (besh) yil muddatga chetlatildi.

2. “Surxon” klubining texnik direktori Sherzod Sharipov axloq qoʻmitasiga va OʻFA rasmiy vakillariga surishtiruv jarayonida yolgʻon koʻrsatma berganligi va qoʻmitani qaror chiqarishda chalkashtirishga harakat qilgani uchun 2019 yil oxiriga qadar futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

3. “Surxon” klubi sardori Dilshod Jabborov “Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonovga 2017 yil mavsumida kelishilgan oʻyinlarni tashkil qilishga yordam bergani va futbolchilarni oʻyinni sotishga undagani, shuningdek, qoʻmitaning yozma va ogʻzaki soʻrovlariga eʼtibor bermay, uzrli sababsiz qoʻmita yigʻilishiga kelmagani uchun OʻFA intizom kodeksining 5.52 bandiga asosan, 2019 yil oxiriga qadar futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

Shuningdek, futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar kim boʻlishidan qatʼi nazar, kelgusida bunday holatlarni sodir etadigan boʻlsa, belgilangan tartibda jazoga tortilishi haqida ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Moʻminjonov “Navbahor” futbolchilarini oʻyinni sotishga undagani uchun jazolandi