21:34 / 03.04.2019
3 353

Moʻminjonov “Navbahor” futbolchilariga ikki toʻp farqi bilan magʻlub boʻlish koʻrsatmasini bergan

Moʻminjonov “Navbahor” futbolchilariga ikki toʻp farqi bilan magʻlub boʻlish koʻrsatmasini bergan
Foto: “Navbahor” FK matbuot xizmati
Xabaringiz bor “Navbahor” klubi sobiq bosh murabbiy Ilhom Moʻminjonov kelishilgan oʻyinlarni tashkil qilish va futbolchilardan ham shuni talab qilgani uchun besh yilga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgan va 50 mln soʻm miqdorida jarimaga tortilgan edi. Murabbiyning qingʻirliklari tafsiloti Uff.uz saytida keltirib oʻtildi.

Maʼlum boʻlishicha, surishtiruvlar bu ishda totalizatorning roli kattaroq ekanini koʻrsatgan. Yaʼni, Moʻminjonov ikkita gol farqi bilan magʻlub boʻlish yuzasidan oʻz futbolchilariga koʻrsatma bergan. Buni bir nechta futbolchilar tasdiqlashgan, deya maʼlum qilmoqda PFL xodimi Diyor Imomxoʻjayev telegramdagi kanalida.

Eslatib oʻtamiz, Moʻminjonov fevral oyida “Aziz Turgʻunboyev ishi” boʻyicha aybdor sifatida topilgan va bir yil muddatga futbolga oid faoliyatdan chetlatilgandi. Yaqinda murabbiyga nisbatan jazo choralari yana kuchaytirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Moʻminjonov “Navbahor” futbolchilariga ikki toʻp farqi bilan magʻlub boʻlish koʻrsatmasini bergan