20:20 / 04.04.2019
3 174

Odil Ahmedov: "Arsenal" va "Nitssa"dan taklif bo‘lgani rost

Odil Ahmedov: "Arsenal" va "Nitssa"dan taklif bo‘lgani rost
O‘zbekiston terma jamoasi sardori va “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionatida to‘p surayotgan paytda Yevropadan takliflar bo‘lganini tasdiqladi.

— Xitoyga ketishingizdan oldin Yevropadan, xususan Fransiya chempionatidan taklif bo‘lgani haqida xabarlar chiqqandi. Shu to‘g‘rimi?
—Ha, to‘g‘ri. “Nitssa”ga o‘tish varianti bor edi. Ammo “Shanxay” bildirgan taklif, meni ham, o‘sha paytdagi klubim – “Krasnodar”ni ham to‘la qoniqtirgandi. Shu sabab, Xitoyga ketishga qaror qilgandim.

— “Anji”da to‘p surayotgan paytingizda Londonning “Arsenal” jamoasidan taklif bo‘lgani haqida mish-mishlar yurardi. Bu haqiqatga qanchalar yaqin?
— Ha, shunaqasi bo‘lgandi. “Anji”ga taklif kelib tushgan, ammo o‘sha paytda maxachqal’aliklar klubi katta loyiha edi va oldiga juda katta maqsadlarni qo‘ygandi. Menga klubning muhim futbolchisi sifatida qararashar edi, - deydi Ahmedov “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: "Arsenal" va "Nitssa"dan taklif bo‘lgani rost